Kovpak haykali
Kovpak haykali — Putivl partizan otryadi (1-Ukraina partizan diviziyasi) komandiri Sidor Kovpakning yoʻqotilgan byust haykalidir. Yodgorlik 1975-yilda ochilgan. Byust 111-maktab hovlisida joylashgan edi[1].
2016-yil 15-iyulda V. Klichkoning buyrugʻi bilan yodgorlik „dekommunizatsiya“ doirasida demontaj qilindi[2]. Yozuvchi Andrey Kokotyuxaning fikricha, Kovpak yodgorliklari ancha oldin buzib tashlanishi kerak edi, chunki u 1943-yilda Karpatdagi mashhur reydda ukrain isyonchilariga qarshi kurashgan kommunist va partizan edi. Yodgorlikning buzilishi haqida sobiq xalq deputati Ivan Bokiy xabar berib, Kovpak kazak oilasidan boʻlganini va fashizmga qarshi kurashganini taʼkidlagan. Ukrainalik bastakor va musiqiy produser Aleksandr Yagolnik bobosi Sidor Kovpak haykali byustini buzib tashlaganlarning „kaltafahm, tor dunyoqarashini laʼnatlaydi“. Siyosatshunos Vladimir Kornilov 2016-yil 15-iyulda xabar berganidek:
Kievda nodonlar 70-yillarda oʻzi kovpakist va Sovet Ittifoqi Qahramoni boʻlgan Semyon Tutuchenko tomonidan qurilgan Sidor Kovpakning ajoyib byustini demontaj qilishdi. Byust 111-maktab hovlisida edi. Esingizdami, ular bizga nemis fashizmiga qarshi kurashgan askarlarga „dekommunizatsiya“ taʼsir qilmasligini isbotlab berishgandi? Ha-ha, shunday[3].
2016-yil 18-iyul kuni Ukraina xalq deputati, Oliy Radaning Inson huquqlari boʻyicha quyi qoʻmitasi raisi va „Markaziy“ partiyasi yetakchisi Vadim Rabinovich Ukraina taʼlim vaziri Liliya Grinevich va boks boʻyicha jahon chempioni, Kiev shahar davlat maʼmuriyati raisi Vitaliy Klichkoga deputatlik murojaati yubordi va unda quyidagicha taʼkidladi:
Kievdagi 111-sonli maktabda Ikkinchi jahon urishining haqiqiy qahramoni, ozodlikchi partizan, ukrainalik jasorat va qahramonlik namunasi boʻlgan Sidor Kovpakning byusti demontaj qilinganini saylovchilarimdan bildim va gʻazablandim… Amaldorlardan qay biri Ukraina yerlarini fashistlar vabosidan ozod qilgan afsonaviy partizan qoʻmondon-qahramoni haykalini „dekommunizatsiyaga“ kiritishdek axmoqona gʻoyani oʻylab topdi — men deputatlik murojaatim bilan shuni bilishga harakat qilyapman…[4].
V. Rabinovich "haqiqiy qahramonlar xotirasini zamonaviy oʻqimagan „dekomunizatorlar“ tomonidan xalq xotirasidan oʻchirib tashlanmasligi uchun" qoʻlidan kelganicha harakat qilishini maʼlum qildi. Deputat yangi tayinlangan taʼlim vaziridan bu holatni shaxsiy nazoratga olishini, tegishli natijalar bilan tekshirishni soʻradi[4]. Ukraina progressiv sotsialistik partiyasining Lvov tashkilotlari matbuot markazi hamda „Kiev Rusi“ partiyasi[5][6] Kiyevda Kovpak yodgorligini qayta tiklashni talab qilmoqda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ягольник о сносе бюста Ковпаку: Вандалы и дебилы не понимают разницы между коммунизмом и украинской военной славой. Дата обращения: 21 августа 2016. Архивировано 21 августа 2016 года.
- ↑ Кличко против Ковпака. Дата обращения: 21 августа 2016. Архивировано 26 июля 2016 года.
- ↑ „В Киеве фашисты снесли бюст Сидора Ковпака“. 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-avgust.
- ↑ 4,0 4,1 „Рабинович требует вернуть на место памятник Ковпаку“. 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
- ↑ „Восстановить памятник дважды Герою Советского Союза, легендарному командиру партизанского объединения Ковпаку в Киеве! 29/07/2016“. 2016-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-avgust.
- ↑ Декоммунизация Киева: осталось снести Ленина, Щорса и экипаж бронепоезда. Дата обращения: 21 августа 2016. Архивировано 16 августа 2016 года.